Ortizei Chellenjer turnirining juftlik bahslarida hamyurtimiz Denis Istomin rossiyalik Yevgeniy Karlovskiy bilan hamkorlikda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Istomin va Karlovskiy juftligi 1 soatu 11 daqiqa davom etgan final uchrashuvida ispaniyalik Serxio Martos Gornes hamda italiyalik Marko Bortolotti tandemini 6/3, 7/5 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, Denis Istomin Ortizei Chellenjer turniri bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.