Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman boʻlimi tomonidan tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.Q. “Oqqoʻrgʻon” MFY hududidagi zaxiradagi sugʻoriladigan ekin yer maydonining 6 sotixini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, uy-joy qurish uchun beton poydevor qurganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.