Biroq, koʻrsatilgan xizmatlar uchun hokimiyat vakillari shartnomaga muvofiq toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaganligi sababli ushbu masala sud tartibida xal etilib, Denov tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatlariga asosan tadbirkor jamiyat foydasiga jami 521 million 415 ming soʻm qarz undirish belgilandi.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Denov tuman boʻlimi ish yurituviga qabul qilinib, tuman hokimiyatiga sud hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarishi uchun muddat belgilab berildi.

Sud hujjati berilgan ixtiyoriy muddat ichida qarzdorlik toʻlab berilmaganligi sababli majburiy ijro etish choralari koʻrilib, Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunning tegishli moddalariga asosan tuman hokimiyatining hisob raqamlariga band solindi hamda inkassa topshiriqnomalari yuborildi.

Shundan soʻng, inkasso topshiriqnomalariga asosan qarzdorlik toʻliq undirib berilib, ijro hujjati ish yurituvdan yakunlandi.

Jamiyat rahbari ushbu undirilgan pul mablagʻlari hodimlarining toʻlab berilmagan ish haqlari va kelgusidagi ish faoliyatini yanada kengaytirishi uchun zamin yaratishini takidlab oʻz minnatdorchiligini bildrildi.