Xususan, Energetika vazirligi huzuridagi Milliy dispetcherlik markazida bo‘lib, elektr energetika tizimidagi joriy holat, tizimning tezkor boshqaruv jarayonlari va energotizim barqaror ishlashi uchun ko‘rilayotgan choralar, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan 110 kVli “Sayilgoh” podstansiyasi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganishlar jarayonida mutaxassislar deputatlarga energotizimda olib borilayotgan ishlar, dolzarb muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Mutaxassislar bilan muloqotlarda kelgusida sohaga oid islohotlarni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan amaldagi qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish borasida takliflar bildirildi.