Unda Oʻzbekiston terma jamoasi Yaponiya termasiga qarshi bahs olib boradi. Oʻyinlar poytaxtimizdagi Olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortida boʻlib oʻtadi.
Terma jamoamizning Yaponiyaga qarshi kechadigan bahs uchun tarkibi eʼlon qilindi. Unga koʻra, Sergey Fomin, Humoyun Sultonov, Denis Istomin, Sanjar Fayziyev va Maksim Shin yurtimiz sharafini himoya qiladi. Jamoamiz sardori sifatida Farruh Doʻstov qayd etilgan.
Maʼlumot uchun, hozirda ATR reytingida Fomin 353, Sultonov 433, Istomin 435, Fayziyev 892, Shin esa 1119-oʻrinni egallab turibdi.