Juma kuni oʻtkazilgan 2 ta oʻyinda durang qayd etilgan edi.
Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, kecha Sanjar Fayziyev va Denis Istomin juftligi yaponiyalik Kaito Uesugi va Yosuve Vatanukini 3:6, 7:6(3), 6:2 hisobida, Sergey Fomin esa Sho Shimabukuroni 7:6(1), 7:5 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Ikki kun davom etgan bahslar natijalariga koʻra, yakuniy hisob 3:1 koʻrinishiga keldi.
Shu tariqa tennis boʻyicha terma jamoamiz Yaponiyani 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratib, 2023-yilgi saralash bahslariga yoʻl oldi.
Quyida Yaponiya bilan oʻtkazilgan oʻyinlar natijasi bilan tanishishingiz mumkin:
Denis Istomin – Sho Shimabukuro 6:3, 6:7, 6:7,
Sergey Fomin – Shintaro Mochizuki 7:6, 7:6,
S.Fayziyev / D.Istomin – K.Uesugi / Y.Vatanuki 3:6, 7:6(3), 6:2,
Sergey Fomin – Sho Shimabukuro 7:6(1), 7:5.