Diyetolog Tatyana Zaletovaning so'zlariga ko'ra, eng zararli sharbat mahsulotlari ananas, shaftoli yoki tropik mevalar aralashmasidan olingan nektarlardir.
Shifokor, sanoat nektarlarida har doim shakar qo'shilishi haqida ogohlantirdi. U sharbat va mevani tanlashga to'g'ri kelsa, ikkinchisini tanlashni maslahat berdi. Diyetologning tushuntirishicha, eng zararli nektar yuqori glisemik indeksli (ananas, shaftoli, tropik aralashmasi) mahsulotlardan tayyorlangani. Bunday ichimlikni iste'mol qilish insulinning chiqarilishini va ochlikning kuchayishini, shuningdek, yog' to'qimalarining haddan tashqari shakllanishini yuzaga keltiradi.
Suv bilan suyultirilmagan tabiiy meva sharbatlari qandli diabet, uglevod almashinuvi buzilgan va gastroenterologik kasalliklarga chalingan odamlar uchun tavsiya etilmaydi. Bunday odamlar uchun 50 x 50 nisbatda suv bilan suyultirilgan 200 millilitrdan ko'p bo'lmagan sharbat ichishga ruxsat beriladi. Sog'lom odamlar kuniga 200-400 millilitrgacha sharbat ichishlari mumkin, deyiladi mir24.tv saytida.