“Temir bolaning to'g'ri rivojlanishi uchun, kollagen bolalar tanasining suyak tuzilmalari qurilishi va o'sishi uchun kerak”, deydi Ginzburg.
Uning qayd etishicha, S vitamini immun tizimini mustahkamlaydi, lekin shifokorlar uni ko'p miqdorda iste'mol qilishni tavsiya qilmaydi.
Shifokorning aytishicha, odam organizmi S vitamini ishlab chiqarmaydi. U faqat oziq-ovqatlar vositasida o'zlashtiriladi. Uning yetishmovchiligi milk holatiga salbiy ta'sir ko'rsatib, o'sishini sekinlashtiradi.
S vitamini, ayniqsa, ko'katlar, bulg'or qalampiri, sitrus mevalar hamda o'rmon mevalari tarkibida ko'p, deyiladi iz.ru saytida.