Disney kompaniyasi dunyoga mashhur “Uyda yolgʻiz” filmining navbatdagi yangi qismini suratga olmoqda.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, mazkur film “Home Sweet Home Alone” nomi ostida joriy yil 12-noyabr Disney+ striming servisida namoyish etiladi. Film syujetida yangi yil arafasidagi qiziqarli voqealar takrorlanadi. Yangi filmdagi qahramonning ismi Kevin emas Maks, uning oilasi Chikagoga emas Yaponiyaga ketadi. Bu safar bosh qahramonni “bezori oʻgʻrilar” emas, avantyuristlar taʼqib qiladi.

“Uyda yolgʻiz” filmining mashhur qahramoni Makoley Kalkin yangi filmda suratga tushmaydi, lekin uning muxlislari epizodda boʻlsa-da sevimli aktyorini koʻrishni xohlaydi, deyiladi xabarda. Kinokartinada bosh rolni britaniyalik 12 yoshli aktyor Archi Yeyts ijro etmoqda. Filmning postanovkachi rejissyori esa Den Mazer.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati