Oq uydagi uchrashuvdan so'ng, o'tgan yili Tinchlik bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan Machado jurnalistlarga Trampga “uning ozodligimizga bo'lgan noyob sadoqatini e'tirof etish uchun” Nobel` medalini “topshirganini” aytdi. Qisqacha bayonotda u shuningdek, Amerika Prezidenti bilan uchrashuv yaxshi o'tganini va uning tarafdorlari Trampga ishonishlari mumkinligini qo'shimcha qildi.
AQSh Prezidenti Mariya Korina Machadoni unga Tinchlik bo'yicha Nobel mukofotini “topshirgani” uchun maqtadi. “Mariya menga ishim uchun Tinchlik bo'yicha Nobel mukofotini topshirdi. Bu o'zaro hurmatning ajoyib ishorasi edi. Rahmat, Mariya!”, deb yozdi Donald Tramp Truth Socialda.
Uchrashuv davomida Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt Tramp Machado qisqa muddatda mamlakatni boshqarish uchun zarur yordamga ega emasligiga ishonishini aytdi, deb xabar berdi kaktus.media.
Tinchlik mukofotini topshirishga mas'ul Norvegiya Nobel instituti 9-yanvar kuni Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori uni boshqa shaxsga topshirishi mumkinligini rad etdi. “Nobel mukofoti topshirilishi e'lon qilingandan so'ng, uni bekor qilish, bo'lishish yoki boshqa shaxsga o'tkazish mumkin emas. Qaror qat'iy va abadiy kuchda qoladi”, deb ta'kidladi institut.