2020-yil 8-iyul kuni soat 01:50 larda Toshkent viloyat bojxona boshqarmasiga qarashli “Navoiy” chegara bojxona postidan Qozogʻiston Respublikasi fuqarosi A.J. (erkak) Oʻzbekiston Respublikasidan Qozogʻiston Respublikasiga oʻtish uchun davlat raqami 578 FSB 13 boʻlgan “GAZ 3302 288” rusumli avtotransport vositasini boshqarib kelib, post hududida bojxona nazoratiga oid tartib-tamoyillarga rioya qilmasdan, bojxona chegarasi rejimi talablariga ochiqdan-ochiq boʻysunmay, Qozogʻiston tomonga chiqayotganida, bojxona xodimlari tomonidan neytral hududda toʻxtatildi.
Avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda mashinaning yukxonasida hech qanday yuk-kuzatuv hujjatlarsiz umumiy qiymati 95 478 040 soʻmlik jami 24 dona karton qutilariga joylashtirilgan “Paratsetamol”, «Avifloks 500mg/100», «Ulkaril 400mg», «Amizon 0.25» va shunga oʻxshash 46 turdagi dori vositalarini Qozogʻiston Respublikasiga olib oʻtmoqchi boʻlganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.
A.J.ga nisbatan 2020-yil 17-iyul Oʻzbekiston Respublikasi JKning 182-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.