Tezkor maʼlumotlarga koʻra, quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng, kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

“Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari” MCHJ tomonidan olib borilgan burgʻilash ishlari tugatilib, hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qoʻshish ishlari bajarilmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, ushbu quduq “Oʻzbekneftgaz” AJning 2021-yilda oʻz kuchi bilan burgʻilab ishga tushirishi koʻzda tutilgan quduqdan biri hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: “Doyaxotin” gaz kondensat koni Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida joylashgan boʻlib, 2004-yilda ishga tushirilgan.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati