Maʼlumki, Davlat komissiyasining 7- va 8-son bayonlari bilan quyidagi hududlardan Oʻzbekiston fuqarolarining oʻqishini Oʻzbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida koʻchirishga ruxsat berilgan:

7-son bayoni bilan — Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari;

8-son bayoni bilan — Qrim va Sevastopol hududlari.

Bunda:

  • oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinishi;
  • talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi;
  • oʻqishini koʻchirishga ruxsat berish boʻyicha qaror Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan.

Shu sababli Davlat test markazi tomonidan 1-30-noyabr kunlari oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar qabul qilinib, barcha maʼlumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etilgan.