Fors koʻrfazi mamlakatlarida plastik chiqindilarni oʻrgangan olim Markus Yerkisen maʼlumotlariga koʻra, ayrim tuyalar oshqozonida 60 kg gacha plastik mavjud boʻlgan. Chiqindilar jonivor oshqozonini toʻldirib, ochlik hissini susaytiradi, natijada ular oziqlanmay qoʻyadi.
Choʻlda chiqindi poligoni mavjud boʻlmasa-da, lekin amirliklarda tez-tez takrorlanib turadigan qumli shamollar taʼsirida plastik paketlar havoga yengil koʻtarilib, mamlakat boʻylab har tomonga, shu jumladan odamlar yashamaydigan joylarga ham uchirib boradi.
Eriksen taʼkidlaganidek, tuyalar qum boʻlmagan barcha narsalarni yeydi. Muammo ham ana shunda. Shu bilan birga bu kabi chiqindilarda turli bakteriyalar mavjud boʻlib, ular ham jonivorlarni halok etishi mumkin.