Dubay politsiyasiga keltirilgan elektr motorli Hongqi E-HS9 krossoveri birinchi xitoylik boʻldi. Hongqi — xitoychadan tarjima qilinganda “Qizil bayroq” maʼnosini beradi.
U 2011-yilda chiqarilgan (BAA mezonlari boʻyicha eskirgan) Lamborghini Aventador LP700-4 oʻrnini egallaydi.
Hongqi E-HS9 elektromobillari yordamida dubaylik politsiyachilar “yoʻllarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha strategik maqsad”ni uddalashmoqchi.
“Dubay politsiyasi oʻz avtoparkini doim eng samarali va yangi transport vositalari bilan taʼminlashga intilib kelgan”, deb taʼkidladi general-mayor Xalil al-Mansuriy.
Mazkur avtomashinaning taqdimot marosimi ham oʻtkazildi.