Dubayda boʻlib oʻtgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida Oʻzbekiston jamoasi 4 ta medalni qoʻlga kiritdi

    Dubayda boʻlib oʻtgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida Oʻzbekiston jamoa hisobidagi koʻrsatkichi bilan yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

    Yakuniy natijalarga koʻra terma jamoamizning barcha aʼzolari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi — 2 ta oltin va 2 ta kumush, jami 4 ta medal:

    Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi — oltin medal;

    Mirjahon Muxammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi — oltin medal;

    Ibrohim Temurov — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi oʻquvchisi — kumush medal;

    Biloliddin Zuxriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi — kumush medal.