Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan viloyati, Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi 23 yoshli (ayol) E.D. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, X.J. dugonasi E.D.ga Rossiyadan unga pul yuborilishni aytib, bank kartasini olib, foydalanib turishini soʻragan.

E.D.ning bank kartasiga yuborilgan 2.074.000 soʻm miqdoridagi pullarni dugonasi X.J.dan yashirincha ilova yordamida boshqa bank kartasiga oʻtkazib, oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani fosh etildi.

Jinoyat sodir etgan E.D. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, A.J. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.