Dunyo aholisining yarmidan koʻpi koronavirusga chalinsa, epidemiya tarqalishi kamaya boshlaydi

    Salomatlik 6 Iyul 2020 1638

    Immunologiya va epidemiologiya ekspertlari fikriga koʻra, yaxshi immunitet qatlami shakllanishi uchun 75 foiz kasallanganlar kerak.

    «50 foiz kasallanish ham virus tarqalishini toʻxtatadi, biroq uning samarasi kam. Aholini vaksinatsiyalash koʻlami 25-35 foizni tashkil etsa, epidemiya yoʻqolmaydi. Immunitet qatlami 75 foiz boʻlsada, baribir xavf guruhida odamlar qolaveradi», — deydi tibbiyot fanlari doktori Mixail Kostinov.

    Uning taʼkidlashicha, vaksinatsiya “dunyoni qutqarmaydi” va shaxsiy gigiyenaga rioya qilishni, surunkali kasalliklarni davolashni davom ettirish kerak.

    “Shunga qaramay, vaksinatsiyasiz ushbu infeksiya rivojlanishini toʻxtatishning iloj yoʻq. Tabiiy immunitet paydo qilingan taqdirda ham, xavf saqlanib qoladi, chunki aholi orasida keksalar, surunkali kasallikka ega insonlar va immunitetida nuqsoni borlar mavjud”, — deydi ekspert.