Eng koʻp vaksina Xitoyda qoʻllanilgan boʻlib, 1 milliard 400 million doza mazkur mamlakat hissasiga toʻgʻri keladi. 387 million 697 ming doza bilan Hindiston ikkinchi, 334 million 940 ming doza bilan AQSH uchinchi oʻrinda bormoqda.
Har 100 kishiga dozalar soni boʻyicha Birlashgan Arab Amirliklari yetakchilik qilmoqda. Mazkur mamlakatda 100 kishiga 162,2 emlash toʻgʻri kelmoqda.