Bu haqda JSSTning sobiq eksperti, ilgari SARS o'tkir respirator sindromi bo'yicha tadqiqotlarni olib borgan Klaus SHtor Britaniyaning Bloomberg gazetasiga bergan interv`yusida ma'lum qildi.
Bloomberg: Vaktsinaning potentsial foydalanilishidan oldin pandemiya rivojlanishini qanday tasavvur qilasiz?
K.SHtor: Ushbu virusning epidemiologik xatti-harakati boshqa nafas olish kasalliklaridan unchalik farq qilmaydi. U qishda qaytib keladi. YAna bir to'lqin bo'ladi va u juda jiddiy yuz beradi. Agar biz qat'iy choralar ko'rmasak, virus jiddiy avj olishi mumkin. Qish yaqinlashganida yuqtirish hollari soni ko'payadi va shu bilan bog'liq muammolar paydo bo'ladi, chunki hozir ko'pchilik qo'yilgan cheklovlarga rioya qilmayapti.
Bloomberg: Sizningcha, virusga qarshi vaktsina qachon paydo bo'lishi mumkin?
K.SHtor: Kelgusi yilning boshiga kelib Germaniya kabi mamlakatlarda sezilarli miqdordagi vaktsina qo'llanilishi va keksa odamlar uchun emlanish to'rt, besh, olti oyni tashkil qilishi mumkin. Braziliya, Argentina yoki CHili kabi mamlakatlarda esa odamlar vaktsinaning birinchi dozasini olish imkoniyatiga ega bo'lmaydi.
Dunyo ikki guruhga bo'linadi: vaktsina oladiganlar va emlanmaydiganlar.
Bloomberg: Koronavirus immuniteti haqida nima deyish mumkin?
K.SHtor: Menimcha, kelgusi yilning o'rtalariga kelib dunyoning katta qismida antitanachalar shakllangan bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan ularning soni asta-sekin o'sib boradi. Keyin uchinchi to'lqin yuzaga keladi va u tugashi bilan, men, dunyodagi odamlarning 80 foizi koronavirusga qarshi immunitetga ega bo'ladi, deb o'ylayman.
Biz juda og'ir ahvolga tushib qoldik. Vaktsinani ishlab chiqish uchun o'zimiz ega bo'lgan barcha resurslarni sarflashimiz kerak. Boshqa tomondan, men, sayyoramizdagi ko'pchilik odamlarda emlanish imkoniyati bo'lmaydi, deb ishonaman. SHunday qilib, bu yil oxirida yoki kelgusi yilning boshida yarim milliard doza vaktsina mavjud bo'lishi mumkin, ammo dunyoda 7,5 milliard odam bor.
Bloomberg: Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti har bir kishi emlash imkoniyatiga ega bo'lishi kerak deb hisoblaydi?
K. SHtor: Dunyo aholisining aksariyati emlanmaydi. Virus tarqalishda davom etadi va bu ikki yilgacha cho'zilishi mumkin. Bu pandemiyani tugatadigan vaktsina emas. YOng'in (virus) sayyoradagi eng so'nggi odamga yuqtirmaguncha o'chmaydi.