Tajriba davomida bemorga HS-001 nomli preparatning dozasi berildi. U iPS hujayralaridan olingan, tozalangan yurak mushaklari to'qimalarining klasterlaridan iborat. Davolash usuli dori vositasining ikki dozasini kiritishni o'z ichiga oladi, ikkinchisining konsentratsiyasi birinchisiga nisbatan uch baravar yuqori.
Tadqiqotda yurak ishemik kasalligi oqibatida yuzaga kelgan yurak yetishmovchiligi aniqlangan jami 10 kishi ishtirok etadi. Heartseed tadqiqotni o'zining hamkori daniyaning Novo Nordisk kompaniyasi bilan birga olib boradi. Bu bir yildan sal ko'proq davom etadi.
“Men kardiolog sifatida ko'p yillardan buyon yurak faoliyati yomonlashgan, yurak yetishmovchiligi tufayli hayot kechirishi qiyinlashgan bemorlarni davolash usullarini ishlab chiqish ustida ishlayapman. Ushbu maqsadga erishish uchun biz Heartseedni yaratdik va rivojlanishda davom etdik. Bemorlar salomatligi saqlash va manfaatlarni ta'minlash bizning ustuvor vazifalarimizdir”, deb ta'kidladi Heartseed bosh direktori Keyiti Fukuda, deb xabar beradi tass.ru.