Eʼtiborlisi, ularning yarmi oxirgi 8 oyga toʻgʻri kelmoqda, bu delta shtammining tarqalishi bilan bogʻliq. Taqqoslash uchun, 2.5 millionlik birinchi oʻlim chegarasi pandemiya boshlanganidan 12 oy oʻtgach qayd etilgan edi.

Oʻtgan bir hafta mobaynida dunyoda har kuni oʻrtacha 8 ming yoki har daqiqada 5 ga yaqin oʻlim qayd etilgan.

Taʼkidlanishicha, dunyoda koronavirusning delta shtammi ustunlik qilmoqda, uni asosan emlanmagan odamlar yuqtirib olmoqda. Shu bilan birga, dunyo aholisining yarmidan koʻpi hali COVID-19 vaksinasining kamida bitta dozasini ham olmagan.