Dunyoda hayvonlar soni keskin kamayib ketmoqda – tadqiqot

    So'nggi 50 yil ichida dunyoda hayvonlar populyatsiyasining o'rtacha ko'rsatkichi 73 foizga kamaydi.

    Bu haqda Amerikaning Vox nashri ikkita ekologik tashkilot hisobotiga tayanib xabar berdi.

    Tadqiqot mualliflari – Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamg'armasi (WWF) va London zoologiya jamiyati (ZSL).

    Qayd etilishicha, daryo va ko'llarda yashovchi hayvonlar, xususan, Amazonka delfinlari soni keskin kamaygan.

    “Cрuchuk suv turlarining (daryolar, ko'llar, hovuzlar yoki suv omborlari) populyatsiyasi 85 foizga kamaydi”, deydi tadqiqot mualliflari.

    Biroq, ba'zi olimlar hisobotga asoslangan indeksni hisoblashda qo'llaniladigan usullarni shubha ostiga qo'yishadi. Ularning ta'kidlashicha, bu usullar populyatsiyaning kamayishini sezilarli darajada bo'rttirib ko'rsatishi, bu esa ularning fikricha, atrof-muhit muammolariga nisbatan jamoatchilik ishonchiga ta'sir qilishi mumkin.

    O'z navbatida, tadqiqot ustida ishlagan olimlar hisobotda ko'lamni bo'rttirib ko'rsatgan taqdirda ham muammo o'ta jiddiyligicha qolayotganini ta'kidlamoqda, deb xabar beradi korrespondent.net.