Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomasida qayd etilishicha, u 1901-yilning 3-fevral kuni tug'ilgan. Shunday bo'lsa-da, braziliyalik fuqaro o'z yoshini rasman tasdiqlashni xohlamaydi. Uning 5 nafar farzandi, 13 nafar nevarasi, 16 nafar chevarasi hamda bir nafar evarasi bor.
Qarindoshlarining so'zlariga qaraganda u o'tgan yili COVID-19 ni yengib o'tgan. Yoshi ulug' bo'lishiga qaramay, hali-hamon faol hayot tarzini olib boryapti.
Rasman sayyoramizdagi eng keksa odam ispaniyalik Mariya Branyas Morera. U o'tgan yili o'zining 115 yoshini qarshilagandi. Morera 1907-yilning 4-mart kuni tug'ilgan. Hozirgi kunda Ispaniyada, Kataloniyadagi qariyalar uyida yashaydi. 7-yanvar kuni u dunyodagi eng keksa odam sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan edi, deb xabar beradi mir24.tv.