Yaponiyalik Tanaka Kane sayyoramizning eng yoshi ulugʼ odami sifatida 2019 yilda 116 yoshi bilan Ginnesning Dunyo rekordlari kitobiga kiritilgan. Shu kunlarda, yaʼni 2 yanvar kuni Tanaka Kane oʼz rekordini yangilab, 118 yoshni qarshi oldi.

U uzoq umr koʼrishning siri nimada degan savolga quyidagicha javob bergan: “Mazali ovqatlarni isteʼmol qilish va oʼqish”.

Shifokorlarning maʼlumotiga koʼra, u har kuni mashq qiladi, ishtahasi yaxshi, ayniqsa shokolad va Koka-kola ichimligini xush koʼrar ekan.