Xususan, 1993-yil Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan fuqaro Yangiyoʻl shahridagi yashash manzilida onasi hamda fuqarolik nikohidagi ayoli bilan birgalikda qalbaki milliy valyuta tayyorlash bilan shugʻullangan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ulardan 19,6 mln. soʻm miqdoridagi 196 dona qalbaki 100 ming soʻmlik kupyura, 2 ta kompyuter, 2 ta rangli printer, qogʻoz kesish uskunasi va boshqa ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, ularning yashash xonadonida 1 dona pnevmatik toʻpponcha borligi ham aniqlanib, tegishli tartibda olib qoʻyildi.
Bundan tashqari, qalbaki valyuta sotib olish uchun kelgan Samarqand viloyatining Nurobod tumanida yashovchi, 1971 va 1984-yillarda tugʻilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs ham hibsga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX matbuot xizmati