Qoʻqonda yashovchi tanishi S.Zokirovni ham Suriyadagi birodarlarga moddiy yordam berishga undagan. U Oʻzbekistonda yashovchi shaxslarni “moliyaviy jihod”ga chorlashi va ular bergan pullarni Suriyadagi terrorchilarga yuborishi kerak boʻlgan.
Topshiriqga koʻra, S.Zokirov “Telegram” orqali Suriyaning Idlib shahrida yashovchi shaxs bilan bogʻlanib, unga 50 ming AQSH dollari yuborishni rejalashtirgan.
DXX tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda S.Zokirov bu pul mablagʻini yubormoqchi boʻlgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olindi.
K.Hasanov xorijda ushlanib, Oʻzbekistonga olib kelindi.
K.Hasanov 8 yil, S.Zokirov esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.