Biz uchun Murodjon Yo'ldoshev ushbu musobaqa qahramoniga aylandi.

-73 kg vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz g'alaba yo'lida Finlyandiya, Niderlandiya, Gruziya, Mo'g'uliston va Ispaniya mamlakati vakillarini mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu g'alaba unga jahon tasnif jadvali uchun 700 ochko taqdim qiladi.

Musobaqada ishtirok etgan boshqa vakillarimiz medallar uchun kurashni erta yakunlagan bo'lsalarda qimmatli reyting ochkolarini jamg'arishdi.

Medallar jamg'arish bo'yicha kuchli uchlik quyidagicha ko'rinish oldi:

1. Janubiy Koreya (4-1-4)
2. Niderlandiya (2-1-1)
3. Portugaliya (2-0-2)