Bugun ogʻir vazn toifalarida gʻoliblar aniqlandi.
-90 kg vazndagi bellashuvlarning finaliga ikki nafar hamyurtimiz yetib bordi. Shahzodxoʻja Sharipov va Nurbek Murtazoyev oʻrtasidagi bahs Sharipovning gʻalabasi bilan yakunlandi. Shuningdek, Marjona Koʻchimova -78 kg ham shohsupadan joy oldi.
Oltin medal:
- -90 kg: Shahzodxoʻja Sharipov
Kumush medal:
- -90 kg: Nurbek Murtazoyev
Bronza medal:
- -78 kg: Marjona Koʻchimova
Shu tariqa, dzyudochilarimiz yakkalik bahslarida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 7 ta medal bilan umumjamoa hisobida Yaponiyadan keyin ikkinchi oʻrinni egallashdi.
Ertaga aralash jamoaviy dasturda bellashuvlar oʻtkaziladi.