Seshanba va chorshanba kunlari koʻhna qitʼada Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Dastlabki kunga bahslarda mehmonlarning omadi kelgani, «Liverpul» «Real»ga 2:5, «Aytraxt» «Napoli»ga 0:2 hisobida yutqazib qoʻygani haqida avval xabar bergan edik.

Kechagi oʻyinlar teng kurashlar ostida oʻtdi. «Manchester Siti» Germaniyada «Leypsig» bilan durang (1:1) oʻynadi. «Inter» esa oʻz maydonida «Portu»ni 1:0 hisobida magʻlub etdi.

Chorak finalning javob uchrashuvlari 14-15-mart kunlari boʻlib oʻtadi.