AS xabariga koʻra, Madridning “Real” klubi 2023/24 yilgi mavsum YECHL guruh bosqichida eng koʻp pul ishlagan jamoa boʻldi. Klub mablagʻini 80 million yevroga koʻpaytirgan.
Bu pulning 15,6 million yevrosi guruh bosqichidagi ishtiroki, 16,8 million yevrosi guruh oʻyinlaridagi gʻalabalari uchun berilgan. Shuningdek, 9,8 million yevroni 1/8 finalga chiqqani uchun va 36,4 million yevroni bonuslar koʻrinishida oladi.
Bu “bahs”da “Real”dan keyingi oʻrinlarni quyidagi jamoalar band etgan: “Bavariya” – 76,64 mln. yevro, “Man Siti” – 76,48 mln. yevro, “Barselona” – 71,53 mln. yevro, “Atletiko” – 71,11 mln. yevro, PSJ – 63,89 mln. yevro, “Portu” – 63,57 mln. yevro, “Borussiya” D – 63,52 mln. yevro, “Arsenal” – 63,36 mln. yevro, “Napoli” – 58,04 mln. yevro.