Ekologik barqaror tizim joriy etish ilm-fan oldidagi dolzarb vazifa

    So‘nggi o‘ttiz yil ichida avtomobil sanoati rivojlanib, avtomobillar ishlab chiqarish sezilarli darajada o‘sdi, bu esa chiqindi poligonlariga ko‘p miqdordagi chiqindi shinalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ularni yo‘q qilishning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha izlanishlarning dolzarbligi shundaki, atrof-muhitning toksik chiqindilar bilan ifloslanishining oldi olinadi va qayta ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

    Respublikamizda ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi islohotlar respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir etuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish va vaziyatni barqarorlashtirish, o‘rmonlar maydonini kengaytirishga qaratilgan “Yashil makon” milliy loyihasini kengaytirish, Orol bo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish va uning qurishi natijasida yuzaga keladigan muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish, iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirining oldini olish, biologik xilmaxillikning barqaror saqlanishini ta’minlash, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish xizmati sifatini yaxshilash hamda havo ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

    Jahonda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib ketish xizmati sifatini yaxshilash hamda havo ifloslanishining oldini olish ishlari davlat tomonidan e’tibor qaratiladigan muhim sohalardan biridir. Maishiy qattiq chiqindilarning eng keng tarqalgan turlaridan biri bu eskirgan yaroqsiz transport shinalaridir. Dunyo bo‘yicha eskirgan avtoshinalar zahirasi har yili kamida 7 million tonnaga ko‘payib, umumiy hisobda 25 milliondan 40 million tonnagacha chiqindi sifatida chiqarilmoqda. Chiqindi avtoshinalarning atiga 23 foizi qayta ishlanib, ulardan energiya olish uchun yoqilg‘i, transportlar va pechlar uchun yoqilg‘i, yo‘llarni qoplash uchun granula shakldagi rezinalar olinadi. Qolgan 77% shinalar tejamkor va samarali usullar yo‘qligi sababli qayta ishlanmayda va ular chiqindi poligonlariga tashlanadi. Chiqindi poligonlariga tashlangan yoki yerga ko‘milgan shinalar tabiiy sharoitda kamida 100 yil davomida parchalanadi. Ular yomg‘ir va yer osti suvlari ta’sirida bir qator toksik organik birikmalarni, jumladan, difenilamin, dibutil ftalat, fenantren kabi moddalarni hosil qiladi. Bu zararli moddalar tuproq va yer osti suvlari tarkibiga qo‘shiladi.

    Shinalar yoqilganda esa ko‘plab zaharli birikmalar hosil bo‘ladi. Masalan, 1 tonna chiqindi shinasini yoqilganda antrasen, ftorentan, pirenni kabi birikmalarni o‘z ichiga olgan 270 kg qurum va 450 kg har xil gazlar ajralib chiqadi va bular ichida bifenil va benzopiren eng kuchli kanserogen moddalar qatoriga kiradi.

    Yevropa shinalarni qayta ishlovchilar assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi ishlatilgan shinalarni atmosferada va poligonda yoqishni taqiqlashga qaror qilgan.

    So‘nggi o‘ttiz yil ichida avtomobil sanoati rivojlanib, avtomobillar ishlab chiqarish sezilarli darajada o‘sdi, bu esa chiqindi poligonlariga ko‘p miqdordagi chiqindi shinalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ularni yo‘q qilishning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha izlanishlarning dolzarbligi shundaki, atrof-muhitning toksik chiqindilar bilan ifloslanishining oldi olinadi va qayta ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Tabiiy energiya manbalari hisoblangan neft va gaz zahiralari cheklangani, bugungi kunda zamonaviy iqtisodiyot va energetikadagi bir qator muammolarni hal etadigan yuqori molekulali chiqindilarini qayta ishlashning yangi innovatsion usullarni ishlab chiqish ilm-fan oldidagi vazifalardan biri hisoblanadi.

    Ko‘plab sanoati rivojlangan mamlakatlarda chiqindi poligonlarining o‘sishi tufayli har yili juda ko‘p eskirgan avtomobil shinalari chiqindi poligonlarida va avtomobil korxonalari hududida to‘planadi. Bugungi kundagi qayta ishlashning mavjud usullari ularni yo‘q qilish muammosini to‘liq hal eta olmaydi, chunki shinalarning katta qismi hanuzgacha qattiq chiqindi poligonlari saqlanmoqda yoki turli maqsadlarda yoqib yuborilmoqda.

    Maishiy chiqindilarni yo‘q qilish muammosi bugungi kunda butun dunyoda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Chunki, yuqori molekulali birikmalardan foydalanib bo‘lingandan so‘ng ularni o‘z-o‘zidan yo‘q qilish imkoni yo‘q.

    So‘nggi yillarda rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida ishlatilgan avtomobil shinalarini qayta ishlash bo‘yicha yangi texnologiyalarni takomillashtirish va yaratish, shuningdek, ishlab chiqilgan jarayonlarning alohida bosqichlari ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘plab izlanishlar olib borilmoqda.

    O‘zbekistonda ham qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimi infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borildi. Bu bo‘yicha mamlakatimizda normativ-huquqiy hujjatlar, uzoq yillarga mo‘ljallangan strategiyalar ishlab chiqilgan. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ham aynan shu sohada yangi davr yaratadi. Mazkur strategiya atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash tizimini rivojlantirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha hozirda amalda bo‘lgan huquqiy hujjatlarni to‘ldiribgina qolmay, sohada yangi vazifalar va istiqbolli loyihalar yaratadi.

    Bugungi kunda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona politexnika instituti olimlari, izlanuvchilar, magistr va doktorantlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlab, ekologiyaga zararini kamaytirish, ularni tashish va saqlash, utilizatsiya qilish ishlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

    Institut jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar natijasida qattiq maishiy chiqindilarni ikkilamchi xomashyo sifatida ishlatish va ulardan mahsulot olish, qattiq maishiy chiqindilar hosil bo‘lishining o‘sish sur’atlarini sekinlashtirish va ularning xavfli xususiyatlarini kamaytirish, shuningdek, ulardan takroriy foydalanishga erishiladi. Bundan tashqari, ulardan olingan xomashyo, energiya va materiallardan takroriy foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Ilmiy izlanishlar asosida qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish, qattiq maishiy chiqindilarga dastlabki ishlov bergandan so‘ng, ular tarkibidagi foydali moddalardan tovar mahsulotlarini ishlab chiqarishda ikkilamchi xomashyo sifatida foydalaniladi. Shuningdek, olimlarimiz bu borada ko‘plab ilmiy asoslangan loyihalar ustida ish olib bormoqda.


    G‘ulomqodir MIRZAQULOV,

    Farg‘ona politexnika instituti

    Kimyo texnologiya fakulteti dekani