Xarid qilinadigan paketlarga qoʻyiladigan talablar:
1. Paketlar mikroorganizmlar ishtirokida bioparchalanish xususiyatiga ega boʻlishi kerak yoki tarkibida kraxmal boʻlgan organik chiruvchi mahsulotlardan ishlab chiqarilgan boʻlishi kerak;
2. Paketlardan chiqindilarni saralab yigʻishda foydalaniladi;
3. Paketlarning har biri ixcham shaklda yigʻilgan, taxlangan, bir-biriga ketma-ket ulangan, oʻralgan rulon holatida ishlab chiqarilgan boʻlishi lozim;
4. Paketlarning rangi:
— shaffof, rangsiz;
— qora;
— jigarrang.
5. Paketlarning sigʻimi, oʻlchami, yuk koʻtaruvchanligi va qalinligi:
— jigarrang: eni — 55 sm, boʻyi — 65 sm, sigʻimi — 20-25 l va qalinligi 40 mikron — 60 ming dona;
— shaffof rangsiz: — eni – 60 sm, boʻyi – 90 sm, sigʻimi – 40-45 l, qalinligi 60 mikron – 30 ming dona hamda eni – 55 sm, boʻyi – 65 sm, sigʻimi – 20-25 l, qalinligi – 40 mikron – 30 ming dona;
— qora rangli: eni — 60 sm, boʻyi – 90 sm, sigʻimi – 40-45 l, qalinligi – 60 mikron – 30 ming dona hamda eni – 55 sm, boʻyi – 65 sm, sigʻimi – 20-25 l, qalinligi – 40 mikron – 30 ming dona.
6. Paketlarning dizayni quyidagicha boʻlishi kerak:
Tijorat takliflari 14-mart soat 11:00 gacha qabul qilinadi. Takliflarni vazirlikning info@eco.gov.uz elektron pochtasi orqali yuborish yoki +998(71) 270-07-70 (9991) raqamlariga qoʻngʻiroq qilib, yetkazish mumkin.