Xalqaro koʻrgazmalar, yarmarkalarda tadbirkorlar ishtirokini taʼminlashda ham xarajatlarning maʼlum bir qismi toʻlab beriladi.
Bundan tashqari, eksportchi korxonalar eksportga chiqayotgan mahsulotlar uchun yagona soliq va foyda soligʻidan ozod etildi. Deylik, bir korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotining 30 foizini eksport qilsa, oʻsha 30 foiz mahsulot uchun foyda va yagona soliqdan ozod etiladi. Eksportchi korxonalar uchun yana bir soliq imtiyozi bor. Ularga qoʻshilgan qiymat soligʻini (QQS) qaytarib olish imkoniyati yaratilgan.
Mikrokreditbank ATB tomonidan ham eksportchi korxonalarni jumladan, Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularning loyihalari moliyalashtirilib kelinmoqda.
2023-yilda 225 ta Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining 489,4 mlrd. soʻmlik loyihalari moliyalashtirildi va natijada 15,7 mln. AQSH dollari miqdorida eksport tushumi amalga oshirildi.
2024-yilning joriy davriga qadar esa 707 ta Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining 354,2 mlrd. soʻmlik loyihalari moliyalashtirilishi hisobiga 11 mln. AQSH dollari miqdorida eksport tushumiga erishildi.
Misol uchun, 2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi “XOJELI UN MAHSULOTLARI” korxonasiga aylanma mablagʻni toʻldirish uchun bugʻdoy sotib olish sharti bilan 12 oy muddatga 500 000 AQSH dollari miqdorida kredit ajratildi. Natijada 2023-yilda 1,4 mln AQSH dollari, 2024-yilning birinchi choragida esa 0,5 mln. AQSH dollari miqdorida un mahsulotlari eksportini amalga oshirdi. Quvonarlisi, ushbu korxonada doimiy ishchilar soni 53 nafarni tashkil etadi.
Mikrokreditbank tomonidan eksport bilan shugʻullananib, milliy mahsulotlarimizni jahonga olib chiqayotgan, bu orqali davlatimizning iqtisodiy salohiyati ortishiga munosib hissasini qoʻshib kelayotgan tadbirkorlarni imtiyozli shartlarda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash davom ettiriladi.
Bank Axborot xizmati