Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, ogʻir oilaviy sharoiti sababli oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan kambagʻal oilalar farzandlarini xorijda oʻqitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash;
  • saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida oʻqitish;

“El-yurt umidi” jamgʻarmasiga joriy yilda “Yorqin isteʼdod” loyihasi uchun 300 milliard soʻm ajratiladi.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali xorijiy mamlakatlarda taʼlim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga toʻgʻridan-toʻgʻri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.

2025-yil 1-iyundan:

  • nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha boʻlgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, oʻn yil muddatga BHMning 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
  • nufuzli xalqaro fan olimpiadalari gʻolib va sovrindorlariga toʻlanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.