баннер
26 Mar 2025
16:44

    Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Tahliliy va tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qaror qabul qildi.

    Unga muvofiq, tahliliy va tadqiqot tuzilmalari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etiladi.

    Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasida alohida ochilgan hisobraqamlarda jamlanadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda sarflanadi.

    Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

    Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 25 million AQSH dollari miqdoridagi bir — martalik begʻaraz toʻlovi;
    — xalqaro, xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grantlari va homiylik mablagʻlari;
    — Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
    — qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

    Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilarga yoʻnaltiriladi:

    — Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish;
    — tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlarni oʻtkazish uchun grantlar ajratish;
    — ekspertlik, tadqiqotga oid va boshqa xizmatlarni koʻrsatuvchi mahalliy va xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar xizmat haqi uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
    — tahlil va tadqiqot yoʻnalishida tuzilgan vaqtinchalik loyiha guruhlari faoliyatini moliyalashtirish;
    — ijtimoiy soʻrovlar va jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirish;
    — tahlilchilar va mutaxassislarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish;
    — nashrlar, adabiyotlar, maʼlumotlar bazalari va tadqiqotlar natijalarini tayyorlash va xarid qilish hamda ularga obuna boʻlish;
    — ilmiy-tadqiqot sohasidagi konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish hamda ularning ishida ishtirok etish xarajatlarinish;

    Muvofiqlashtiruvchi kengashning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha boshqa xarajatlarni qoplash.

    Jamgʻarma mablagʻlari maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech