Tadqiqotchilarning tahliliga nazar tashlaydigan bo'lsak, dunyoda XVII asr o'rtalariga kelib qimmatbaho metallarni qog'oz banknotalar siqib chiqarishga kirishgani, oradan uch yuz yil o'tib esa ular o'z o'rnini elektron pullarga bo'shatib bera boshlagani e'tiborni tortadi.
O'tgan asrning 70-yillari o'rtalarida birinchi marta karta orqali naqd pulsiz tranzaktsiya, ya'ni jo'natma qilinadi. Lekin bu elektron pul bo'lmay, faqat bank tizimi ichida o'zaro almashuv usuli edi. Dastlabki elektron pul o'tkazmasi 1994 yilda DigiCash to'lov tizimi orqali amerikalik olim-komp`yuterchi David Li CHaumning real pulni virtual valyutaga aylantirish g'oyasi asosida amalga oshirildi. Aslida ushbu tarixiy voqeelik, birinchi navbatda, Internetning keng qamrov kasb etishi va virtual pullarni saqlash hamda kommunikatsiya tizimi sifatida maydonga chiqishining mahsuli sifatida qaraladi.
Tadqiqotchilarning fikricha, AQSHda 100 dollarlik bitta kupyurani chiqarishga atigi 14 tsent xarajat ketadi. YArim asr oldin pullarning qiymati oltin bilan mustahkamlangan bo'lsa, bugungi kunga kelib ular Markaziy banklarning aktivlari ta'minalanyapti. Naqdsiz pullar bilan bog'liq har bir tranzaktsiya bevosita biron bir moliya muassasi orqali amalga oshiriladi.
Alpari kompaniyasi ekspertlarining qayd etishicha, ayni kezda jahonda to'rtta pul turi hukmronlik qilyapti: naqd, naqdsiz, elektron va kriptovalyutalar. Hozirga kelib Er yuzi aholisining 30 foizidan kamrog'i naqd bankotalardan, qolgan qismi elektron pullardan foydalanmoqda. Bu ko'rsatkich, rivojlangan mamlakatlarda o'rtacha 10 foizni, jumladan, SHvetsiyada bir foizdan ham kamroqni tashkil etadi.
HUQUQIY ASOSLAR
Mamlakatimizda keyingi yillarda elektron tijoratning rivojlanishi, turli to'lov xizmatlarini etkazib beruvchilar o'rtasida raqobat muhitining shakllanishi va kuchayishi chakana to'lovlar bo'yicha tranzaktsion xarajatlar qisqartirilishini, shuningdek, to'lovlarni amalga oshirishda moliyaviy institutlarning vositachiligini talab etmaydigan innovatsion hamda jozibador vositalarning joriy etilishini taqozo etmoqda. elektron pullar ana shunday tizimlardan biri sifatida kundalik hayotimizda jadal kirib boryapti.
Qonunchilikka ko'ra, elektron pullar — mazkur pul emitentining elektron shaklda saqlanadigan hamda ushbu tizimda to'lov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlari hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, elektron pullar bu to'lov vositasi bo'lib, emitentning majburiyatlaridir.
2019 yilda O'zbekiston Respublikasining “To'lovlar va to'lov tizimlari to'g'risida”gi qonunining qabul qilinishi elektron pullar muomalasini, jumladan, bunday pullarni chiqarish, foydalanish va ularni qoplash bo'yicha amalga oshiriladigan faoliyatning huquqiy asosini yaratib berdi. Ushbu qonun asosida Markaziy bank “O'zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo'lishi qoidalari”ni ishlab chiqdi, mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 2020 yilning 29 aprelida 3231-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
—Hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, ular muomalasi, mazkur tizimda xatarlarni boshqarish hamda xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan, — deydi SHoira Rahimjonova.—Unda ushbu tizimga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, “ayirboshlash operatsiyasi”, “bir va ko'p emitentli elektron pullar tizimi”, “oldindan to'langan karta”, “elektron pullar tizimining agenti”, “elektron hamyon” va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.
Qoidaga ko'ra, emitent, operator, elektron pullar tizimining agenti, elektron pullar egasi, shuningdek, emitent bilan shartnoma tuzgan banklar, to'lov tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar elektron pullar tizimining sub'ektlari sirasiga kiradi. Bunda uning ishlashini ta'minlaydigan bank yoki tegishli litsenziyaga ega bo'lgan to'lov tashkiloti mazkur tizimning operatori bo'lishi mumkin. emitent yoki emitent bo'lmagan boshqa bank operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining hisob-kitob banki sifatida faoliyat ko'rsata oladi.
Qayd etish joiz, emitent o'z faoliyatini boshlashi uchun, eng avvalo, elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilishi to'g'risida Markaziy bankka belgilangan shakldagi xabarnomani, unga ilova sifatida operator bilan imzolangan shartnoma hamda tizim sub'ektlari bilan tuziladigan kelishuv hujjatlari namunalarini yuborishi zarur. Mamlakatimiz hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirishda faqat respublikamizda chiqarilgan milliy valyutadagi elektron pullar qabul qilinishi belgilangan.
JO'NATMALAR HAJMI 4,4 BAROBAR O'SDI
2020 yil 16 iyunda "BRIO GROUP" to'lov tashkilotining “OSON” elektron pul tizimi Markaziy bank elektron pullar tizimi reestriga kiritildi. Mas'uliyati cheklangan jamiyat bunga qadar uch yil davomida “OSON” to'lov tizimi va elektron hamyoni ustida ish olib bordi.
— “To'lovlar va to'lov tizimlari to'g'risida”gi qonunning kuchga kirishi va Markaziy bank tomonidan “O'zbekiston Respublikasi hududida elektron pul chiqarish va muomalasi qoidalari”ning ishlab chiqilishi mazkur tarixiy voqeaning shakllanishiga o'z hissasini qo'shdi, — deydi "BRIO GROUP" MCHJ rahbari Farhod Mahmudov.—O'zbekistonda birinchilardan bo'lib joriy etilgan “OSON” elektron hamyoni foydalanuvchilarga to'lovlar va o'tkazmalarni amalga oshirish geografiyasini osonlik bilan kengaytirish, shu bilan birga, o'z pullarini elektron pullar tizimining eng past komissiyalarida tejab qolish imkonini bermoqda. YAngi tizim yordamida mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar, onlayn-o'yinlar uchun to'lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud.
“OSON” elektron puli qabul qilishga nafaqat global, balki milliy servislarga ham ulangan. Bu elektron pulni nafaqat onlayn tarzda to'lashga, balki tizim kafe, restoran va do'konlarning egalariga naqdsiz to'lovlarni qabul qilish imkonini ham yaratmoqda. Xususan, 2021 yilning o'zida 23 milliard so'mlik qariyb 641 millionta tranzaktsiyalar elektron pullar orqali amalga oshirildi.
Markaziy bank to'lov xizmatlari bozoriga yangi ishtirokchilarning kirib kelishini ta'minlash orqali raqobatni kuchaytirishga katta e'tibor qaratib kelmoqda. SHu maqsadda 2020-2021 yillarda Markaziy bank 35 dan ortiq yuridik shaxsga (Click, Oson, Payme va h.k.) to'lov tashkiloti hamda “Milliy banklararo protsessing markazi”, “YAgona umumrespublika protsessing markazi” va “Qulay pul” mas'uliyati cheklangan jamiyatlariga to'lov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyalar taqdim etildi.
2022 yilning 1 yanvar` holatiga Markaziy bank reestriga 10 ta elektron pul tizimi kiritilgan bo'lib, ularda ochilgan elektron hamyonlar soni 5 million donaga etdi. Tizim orqali amalga oshirilgan tranzaktsiyalar soni 2020 yilga nisbatan 4,4 baravarga oshib, 6,5 million donani, ular hajmi esa 8 baravarga o'sib, 170,7 milliard so'mni tashkil etdi.
—elektron pullarning asosiy afzalliklaridan biri bank hisobvarag'ini ochmasdan turib to'lovlarni amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi, — deydi SHoira Rahimjonova. — SHuningdek, to'lovlarni amalga oshirayotgan paytda vositachilik haqining boshqa to'lov vositalariga qaraganda arzonligi hisoblanadi. Ayni paytda undan foydalanib, xorijiy valyutada emissiya qilingan elektron pullarni ayirboshlash imkoniyati ham mavjud.
elektron pullar tushgan kun davomida, agar tadbirkorlik sub'ekti va emitent o'rtasida tuzilgan shartnomada boshqa muddat nazarda tutilmagan bo'lsa, emitent tomonidan naqd pulsiz shakldagi so'mga aylantirish orqali ularni “qoplaydi”. Ushbu operatsiya natijasida xo'jalik yurituvchi sub'ekt (yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs) hisobvarag'iga uning nominal qiymatiga teng bo'lgan milliy valyutadagi mablag' kelib tushadi.
eLEKTRON HAMYON NIMA UCHUN KERAK?
Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan “O'zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo'lishi qoidalari”da bu savolga aniq-ravshan javob berilgan. YA'ni elektron hamyon — elektron pullarni saqlaydigan hamda internetdagi xaridlar va xizmatlar uchun haq to'lash, hatto pulni bank hisobvarag'iga yoki bank kartasiga o'tkazish yoki naqd pul olish imkonini beruvchi dasturiy texnik qurilma. Uning ishlash tamoyili bank kartasiga o'xshaydi. elektron hamyonni tijorat banklarida naqd pul bilan bank kartalari (VISA, MasterCard, UzSard, Humo) yordamida osonlik bilan to'ldirish va dunyoning istalgan joyida u orqali to'lovlarni amalga oshirish mumkin. To'lovlar bo'yicha cheklovlar deyarli mavjud emas.
SHu o'rinda yana bir savol kelib chiqadi: agar bank kartasi mavjud bo'lsa, elektron hamyon nima uchun kerak?
—Uning vositasida pulni turli valyutalarda saqlash imkoniyati mavjud, — deydi iqtisod fanlari nomzodi, ekspert Akrom eshnazarov. — Masalan, dunyoning turli mamlakatlarida to'lovlarni amalga oshirish ehtiyoji vujudga kelsa, elektron hamyon juda qo'l keladi.
Sayohat qilganda ham juda qulay, chunki hamma mablag'laringizni smartfon orqali boshqarish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, har qanday bank kartasidan (so'm) mobil ilova orqali elektron hamyonni to'ldirish, tez va oson usulda xorijiy mamlakatdagi boshqa shaxsning hisobvarag'iga o'tkazish yoki tovar (xizmat)lar uchun to'lovni qulay valyutada amalga oshirish mumkin.
Bugungi kunda elektron hamyon internetda onlayn xaridlarni amalga oshiradigan, shu jumladan, frilanser, ya'ni o'zini o'zi band qilgan shaxslar (kopirayter, tarjimon, dizayner, dasturchi, duradgor, tikuvchi va hakozo) sifatida faoliyat yuritadiganlar uchun ham qulay vositaga aylangan. Ayni paytda ular yordamida mobil operatorlar, kommunal to'lovlar, televidenie va taksi xizmatlari uchun o'tkazmalarni amalga oshirish ham kengayib bormoqda.
SHu o'rinda bir jihatga e'tibor qaratish joiz. Amaldagi tartib-qoidada elektron pul egasining identifikatsiya qilinmagan elektron hamyonida saqlanadigan elektron mablag'ning eng ko'p summasi 5 bazaviy hisoblash miqdoriga teng bo'lgan qiymatdan, bitta operatsiyaning eng ko'p miqdori bir BHMga teng bo'lgan summadan oshmasligi belgilangan. SHuningdek, identifikatsiya qilingan elektron hamyonlar orqali bitta operatsiyaning eng ko'p summasi 100 BHMdigacha bo'lishi talab etiladi.
Ma'lumotlarga e'tibor qaratsak, mamlakatimizda elektron hamyon egalari tomonidan o'tkazilgan tranzaktsiyalarning 94 foizi tadbirkorlik sub'ektlarining muayyan tovar, xizmat, ishlarga, qolgan qismi jismoniy shahslar hissasiga to'g'ri keladi
Dunyoda mobil qurilmalardagi elektron hamyonlar orqali to'lovlar yil sayin ommalashib bormoqda. Juniper Research ma'lumotlariga qaraganda, 2020 yil boshida 2,2 milliard aholi to'lovlarni amalga oshirish yoki pul yuborish maqsadida elektron hamyonlardan foydalangan. Uning uchdan ikki qismi Osiyo-Tinch okeani hududi aholisiga to'g'ri keladi.
KRIPTOVALYUTA, BLOKCHEYN, MAYNING VA BOSHQA TIZIMLAR
elektron pullar haqida gap borganda, albatta, gap aylanib kriptovalyutalarga kelib taqaladi. Jahon banki mutaxassislarining aniqlashicha, yuqori tezlikdagi internetda foydalanuvchilar sonining 10 foizga o'sishi yalpi ichki mahsulotning yillik o'sishini 1,4 foizgacha oshirishi mumkin. Binobarin, bugungi kunda dunyo kriptobozori taxminan 1,7 trillion dollarni tashkil qiladi.
— Blokcheyn — bir vaqtning o'zida internet orqali ulangan bir qancha komp`yuterlarda saqlanadigan ma'lumotlar bazasi hisoblanadi. — deydi texnika fanlari doktori, professor Ravshan Ayupov. — Hozirda undan asosan kriptovalyuta jo'natmalari uchun foydalanilmoqda. Keyingi paytda u jahonning bir qancha mamlakatlarida, shu jumladan, O'zbekistonda ham ko'plab sohalarda faol joriy etilmoqda. Masalan, er kadastrini yuritish, tibbiyotda ma'lumotlarni saqlash, davlat interaktiv xizmatlarini tashkil qilishda va hakozo.
Blokcheynning afzalligi uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz kriptovalyuta yoki biror ma'lumotni blokcheyn orqali jo'natgan bo'lsangiz, bunday o'tkazma haqida ma'lumotni o'zgartirish yoki qalbakilashtirishning umuman imkoni yo'q. Agar siz pullar yoki ma'lumotni blokcheynda saqlasangiz, ushbu qaydlar hech qachon yo'qolib qolmaydi yoki soxtalashtirilmaydi.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 3 iyuldagi “O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi va 2018 yil 2 sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlarida belgilangan me'yorlar asosida mamlakatimizda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyat huquqiy tartibga solib kelinadi. Bu hujjatlarga binoan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi vakolatli organ hisoblanadi.
2020 yil oxirida Markaziy Osiyoda birinchi kripto-birja O'zbekistonda ro'yxatga olindi va Koreya Respublikasining "KobeaGroup“ kompaniyasi ana shunday faoliyatni amalga oshirish uchun dastlabki litsenziya egasi bo'ldi. U “UzNEX” nomi ostida ish yuritadi. Mazkur bozorda milliy valyuta, kredit kartalari amal qiladi.
O'zbekiston kripto-birjalarida sotiladigan barcha tokenlar mulkiy ta'minotga ega bo'lishi kerak. Bunday ta'minotga ega bo'lmagan tokenlarni chiqarish va joylashtirish taqiqlanadi.
—Naqd valyutasiz jamiyat qurish yo'lida mamlakatlar o'rtasida o'ziga xos musobaqa avj olib bormoqda, — deydi iqtisod fandari doktori, professor Nodir Jumaev. — Bu bir tomondan, tezkor, sarf-xarajatlari past tranzaktsiyalarni amalga oshirish imkonini bersa, boshqa jihatdan, anonimlik va bekingan murakkabligi hisobiga noqonuniy faoliyatni moliyalashtirishda ishtirok etish xavfini kuchaytirmoqda.
Kriptovalyutalarning yaratilishi, mayning jarayoni yuqori elektr-energiyani talab etadi va bu jarayonning energiya sig'imi borgan sari ortib boradi. Boshqacha aytganda, bitkoinni “qazib olish” oltinni qazib olishdan ham qimmatga tushishi mumkin.
Kembridj universiteta olimlarining hisob-kitobiga ko'ra, hozirgi paytda bitkovin mayningi uchun dunyo bo'yicha yiliga 121,36 teravatt-soat elektr quvvati sarflanyapti. Bu Argentinы (121 TVt s.), Niderlaniya (108,8 TVt s.), Birlashgaan Arab Amirliklarp (113,2 TVt s.) yoki Norvegiya (121 TVt s.)ning yillik elektr energiya iste'moli bilan teng turadi. Bugungi kunda, bitkovinni “qazib olishga” jahonda hosil qilinayotgan elektr energiyaning atigi 0,56 foizi sarf qilinayotgan bo'lsa-da, biroq bu miqdor kripvalyutaga ehtiyojning jadal ortishi hisobiga yil sayin o'sib bormoqda.
YAna bir tomondan, sanoat 4.0 inqilobiga o'tish jarayoni rivojlangan davlatlarda yuqori tus olyapti va yangi davrda an'anaviy pul hamda to'lov tizimlari samara bermay qo'yadi. Buning natijasida moliyaviy vositachilarsiz, tezkor, ishonchli, shaffof to'lovlarni kafolatlaydigan blokcheynga asoslangan mutlaqo yangi to'lov tizimiga ehtiyoj ortadi.
MUXTASAR XULOSA QILSAK...
elektron pullar bugungi kunda global iqtisodiyotning oldinga yo'naltiruvchi dastagi va raqamli tijoratning “qon tomiri”ga aylangan. CHunki, bu tizim hisob-kitoblarni amalga oshirishda zamonaviy informatsion texnologiyalar va innovatsion echimlarga asoslangan holda, to'lovlarni tezkor va qulay bajarish imkonini beradi. Raqamli transformatsiya sharoitida avtomatlashtirish jarayonlarining kuchayishi, sun'iy intellekt, ulkan ma'lumotlar bilan ishlaydigan tahliliy tizimlar, robotlardan foydalanish ko'lamining ortishi mehnat resurslari uchun o'rinbosar bo'lib xizmat qiladi. Natijada biznes yuritish sharoitlari takomillashib va samaradorlik ortadi.
Zero, Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish asosiy “drayver” sifatida belgilanib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishni ta'minlash, 2026 yil yakuniga qadar iqtisodiyotning real sektori, moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70 foizga etkazish ko'zda tutilgan. Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravarga, ularning eksportini esa 10 baravar oshirish va 500 million AQSH dollariga etkazish rejalashtirilgan. Tabiiyki, bu maqsadlarga erishishda elektron pullar tizimini rivojlantirish ham muhim o'rin tutadi.
Abdurauf QORJOVOV,
iqtisodiy sharhlovchi