26 Apr 2025
15:26

    Elektron tibbiyot: Mehnatga layoqatsizlik varaqasi qanday rasmiylashtiriladi?

    Oilaviy poliklinikada mehnatga layoqatsizlik varaqasi, kasallik turiga qarab, ilk murojaat qilinganda, 5 kundan 7 kungacha ochilishi mumkin.

    Yunusobod tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi Shoira Abdusattarovaning maʼlum qilishicha, mehnatga layoqatsizlik varaqasi tibbiy muassasa tomonidan (murojaat qilgan yoki davolangan joydagi) rasmiylashtiriladi.

    Buning uchun fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob aʼzosini parvarishlaganligi, protez qoʻydirganligi, shuningdek, sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilishi kabi holatlar asos boʻladi.

    Masalan, fuqaro yuqoridagi holatlar qayd etilganda, hududiy oilaviy poliklinika (oilaviy shifokor punkti)ga elektron registratura orqali murojaat qiladi. Agar salomatligi birlamchi tibbiyot muassasasiga chiqish imkonini bermasa, oilaviy shifokorni uyiga chaqiradi.

    Buning uchun oilaviy shifokor bemorni shaxsan koʻrikdan oʻtkazib, 025-shakldagi maʼlumotnomani toʻldiradi va tegishli elektron bazaga mehnatga layoqatsizlik varaqasini kiritib, boʻlim boshligʻiga onlayn rejimda yuboradi.

    Masʼul, oʻz navbatida, hujjatning asosligiga ishonch hosil qilgach, uni tasdiqlaydi. Bu haqdagi maʼlumot bemorning ishxonasida ham elektron baza orqali koʻrinib turadi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech