Qayd etilishicha, mehnat shartnomalari ish beruvchi tomonidan shakllantiriladi va taraflar oʻrtasidagi kelishuvga koʻra elektron raqamli imzo (ERI) yordamida imzolanadi.
Imzolangan elektron mehnat shartnomasini xodim oʻzining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
Mehnat shartnomalarining elektron rasmiylashtirilishi natijasida:
— ish beruvchilarga qulaylik yaratiladi;
— jarayon soddalashadi va norasmiy bandlik kamaytiriladi;
— mehnat shartnomalarining qonuniyligini nazorat qilish imkoni mavjud boʻladi va xodimlarning mehnat huquqlari buzilishining oldi olinadi.