Elektron uchar avtomobil ilk bor sinov parvozlari uchun ruxsat oldi

    Voqea-hodisalar 3 Iyul 2023 1823

    Taxminan 300 000 dollarga narxlanayotgan toʻliq elektron uchar avtomobil tekislikda va havoda sinovdan oʻtish uchun ruxsat oldi.

    Kaliforniyalik avtomobil ishlab chiqaruvchi Alef Aeronautics kompaniyasi press-relizda A modeli uchun Federal aviatsiya maʼmuriyatidan maxsus parvozga yaroqlilik sertifikati olinganini maʼlum qildi.

    Space-X kabi kompaniyalar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan startapga koʻra, bu uchar avtomobillar uchun birinchi sinov ruxsatnomasidir.

    Alef bosh direktori Jim Duxovniy quyidagicha taʼkidladi:

    Bu bizga odamlarga ekologik toza va tezkor qatnov ulovlari taqdim etish imkonini beradi, har hafta jismoniy shaxslar va kompaniyalarning bir necha soatlarini tejaydi. Bu samolyotlar uchun kichik, biroq avtomobillar uchun ulkan qadamdir”.

    Kompaniya koʻchada harakatlanish va vertikal uchish qobiliyatiga ega birinchi uchar avtomobilni ishlab chiqarishni maqsad qilgan. Avtomobil haydash va toʻxtash joyi uchun mavjud shahar infratuzilmasiga moslashishga moʻljallangan.

    Uchar mashina vertikal yoki gorizontal holatda uchadi va ikki kishini koʻtara oladi. Uning yoʻl masofasi 322 km.gacha, uchish masofasi esa 177 km.gacha boʻlishi kutilmoqda.

    Xaridorlar umumiy navbatga qoʻshilish uchun 150 AQSH dollari miqdorida depozit yoki yetkazib berish boshlanganda 1500 dollar toʻlashlari mumkin. 2022-yilning oxirgi uch oyida 440 ga yaqin kishi depozit toʻlagan, deb maʼlumot berdi Alef kompaniyasi.