Soliq qoʻmitasi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, ayni paytda Oʻzbekiston hududida bu borada oʻz xizmatlarini taklif qilayotgan xorij kompaniyalari 42 tani tashkil qilmoqda.

Bu koʻrsatkich joriy yil avvalida 40 ta boʻlgan boʻlsa, oʻtgan yilning yanvarida 31 tani tashkil qilgan.

Xuddi shunday ularning xizmatlari hajmi ham oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga oshib, 122,9 mlrd soʻmni tashkil qilgan (2022-yilda 69,3 mlrd soʻm).

Davlat byudjetiga toʻlangan soliqlar ham 2022-yilda 19,4 mlrd soʻmni tashkil qilgan boʻlsa, hisobot davrida 32,4 mlrd soʻmga yetgan.

Eng yirik soliq toʻlovchilar beshtaligida quyidagi kompaniyalar qayd etilgan:

Meta – 12 mlrd 115,2 mln soʻm;

Google – 9 mlrd 345 mln soʻm;

Apple – 5 mlrd 985 mln soʻm;

Booking.com – 1 mlrd 148,6 mln soʻm;

Netflix – 1 mlrd 108,7 mlrd soʻm.