Soliq qoʻmitasining xabar berishicha, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar koʻp.

Toʻlangan soliqlarning 96,7 foizi elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi:

  • Meta — 26,4 milliard soʻm;
  • Google — 20,3 milliard soʻm;
  • Apple — 12,9 milliard soʻm;
  • Amazon — 2,2 milliard soʻm;
  • Vooking — 1,6 milliard soʻm;
  • Netflix — 1,2 milliard soʻm;
  • Xsolla — 816,1 million soʻm;
  • Zoom — 763,3 million soʻm;
  • Yandex — 690,4 million soʻm;
  • Adobe Systems — 436,9 million soʻm.

Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari oʻtgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni toʻlaydi.