Bu haqda Furqat tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Asronkulov Elyorbek Madaminovich nomzodi Furqat tumani deputatlari tomonidan bir ovozda qoʻllab-quvvatlandi va Asronkulov Elyorbek Madaminovich Furqat tumani hokimi etib tayinlandi.
Hozirga qadar u Ijtimoiy himoya milliy agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan.
Maʼlumot uchun; Elyorbek Asronkulov 1985-yilda Bagʻdod tumanida tugʻilgan.
Elyorbek Asronkulov bugungi kunga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi boʻlib faoliyat yuritgan.