Ushbu qarorga koʻra, roʻyxatda 219 ta “yengil turdagi” madaniy-tomosha tashkilotlarining, televideniye, radioeshittirish muassasalarining va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar hamda asarlarni yaratish, shuningdek, ijro etishda ishtirok etuvchi kasb va lavozimlar qayd etilgan.
Mazkur roʻyxatda koʻrsatilgan ishlar, kasblar, lavozimlarga 15 yoshga toʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilishda ularning sogʻligʻiga va maʼnaviy kamol topishiga ziyon yetkazmasligi, taʼlim va kasbiy tayyorgarligi va qonunchilikda belgilangan boshqa talablarga rioya etilishi lozim.