Jumladan, Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga tegishli 86 dona avtomototransport vositalariga GPS treker moslamasi oʻrnatilib, harakat yoʻnalishini onlayn tarzda kuzatish imkoniyati yaratildi.
Boshqaruv raisi M. Abdullayevning Gazli regionida 2021-yil 23-aprel kuni tashrifi doirasida oʻtkazilgan ishlab chiqarish va tashkiliy masalalarga bagʻishlangan yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini bajarish yuzasidan Gazli NGQCHBga tegishli 86 dona avtomotoransport vositalariga GPS treker moslamasi oʻrnatildi.
Avtomotoransport vositalaridan 24 dona yarim tirkama, 12 dona maxsus, 5 dona avtobus, 5 dona yuk tashuvchi, 15 dona maxsus yengil, 3 dona yengil avtotransportga moslama oʻrnatildi va ularining harakatlanishi onlayn tarzda GPS mutaxassislari tomonidan kuzatib borilmoqda.
Qolgan 22 dona avtomototransport vositalariga GPS treker moslamasini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda, deya xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati.
Taʼkidlash kerakki, jamiyat tizimidagi tashkilot va korxonalarda mavjud barcha avtotransport vositalariga GPS oʻrnatilib, ortiqcha xarajat oldini olish choralari koʻriladi.