Qarorga koʻra, 2022-yil 1-apreldan mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan boʻsh turgan davlat obyekti yoki yerlar aniqlanib, 2 000 kvadrat metrgacha obyektlar toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksionga chiqariladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar – “Yerelektron” tizimi orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma 3 kunda tegishli idoralar tomonidan koʻrib chiqiladi va ijobiy xulosa boʻlganda, 2 haftada onlayn-auksionga chiqariladi
Shuningdek, Vazirlik va idoralar, hokimliklarning, 3 oydan koʻp foydalanilmasdan boʻsh turgan obyektlar ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi.
Qaror bilan ommaviy savdolar orqali sotiladigan 1501 ta koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Davlat kadastrlari palatasi