“Endi koʻmir isteʼmolchiga yetib borgunga qadar maydalanib ketmaydi” — “Oʻzbekkoʻmir”

    Sanoat 21 Yanvar 2021 2405

    Erkin Joʻrayev, “Oʻzbekkoʻmir” bosh geologi:

    “Isteʼmolchilar talablaridan kelib chiqqan holda, «Angren” koʻmir konidagi Qoʻngʻir koʻmirida yangi marka joriy etildi. Ushbu marka “Oʻzstandart” agentligi tomonidan tasdiqlandi va 2021-yildan boshlab isteʼmolga kiritiladi.

    Yaʼni, yangi markaga koʻra, koʻmir razmeri 300 mm.dan 700mm.ga uzaytirildi.

    Shu paytga boʻlgan asosiy shikoyatlar — koʻmirning hajmi kichkina ekani bilan bogʻliq. Yangi marka asosida ishlab chiqarilayotgan koʻmirlar isteʼmolchining omboriga qadar yetib borguncha maydalanib ketmaydi»