Endi Navoiy viloyatining ayrim hududlariga “Toza hudud“ DK xizmat koʻrsatadi

    Ijtimoiy hayot 5 Mart 2025 953

    Navoiy viloyatida aholiga qoniqarsiz xizmat koʻrsatgan “Berejlivost“ XICHK sanitar tozalash korxonasi bilan tuzilgan bitim bekor qilingandi.

    Qayd etilishicha, Navoiy viloyati hokimligi va “Toza Hudud“ DK oʻrtasida 2025-yil 24-fevral kuni maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan vaqtinchalik 2-sonli shartnoma imzolandi.

    Endilikda viloyatning Tomdi, Qiziltepa, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahrida sanitar tozalash xizmatini olib borish boʻyicha maxsus tanlov oʻtkazilguniga qadar “Toza Hudud“ davlat korxonasi faoliyat olib boradi.