Endi qoʻshimcha qabul asosida magistraturaga kirganlarga taʼlim krediti berilmaydi

    Endilikda davlat OTMlari magistraturasiga qoʻshimcha qabul asosida oʻqishga kirgan talabalarga taʼlim krediti berilmaydi.

    Qayd etilishicha, 2025-yilgi davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun ijrosini taʼminlashga oid Prezident qarori bilan Hukumatning 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori 1-ilovasi 3 bandi 4-xatboshisiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

    Unga koʻra, “taʼlim tashkilotida tahsil olish maqsadida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktni va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik boshqa toʻlovlarni hamda davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyent va talabalarning toʻlov-kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish uchun taʼlim krediti ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”.

    Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 527-son qarori bilan taʼlim kreditlari ajratish tartiblariga doir Nizom tasdiqlangan va 3-bandida “super kontrakt” uchun taʼlim krediti ajratilmaslik belgilangan.