Bu haqda Agentlik direktori Akmal Burhonovga tayanib, OʻzA maʼlum qildi.

Uning aytishicha, mazkur markazda sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va nazorat qilish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Xususan, soliq.uz bazasi orqali tashkilot taʼsischilari bilan davlat xaridlarida affillanganlik holatlari, “Elektron jinoiy-huquqiy statistikasi” tizimi orqali korrupsiyaga oid jinoyatlar va ularning sabablari, “my.mehnat.uz” bazasi orqali esa yaqin qarindoshlarning bevosita boʻysunuv asosida ishlashi holatlari aniqlanadi.

Qayd etilishicha, natijada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish jarayoni anʼanaviy usulda 5–6 kun vaqt olgan boʻlsa, raqamlashtirish orqali bu ish bir soat ichida amalga oshiriladi.